Birinchi saytni yaratish
AI bilan, shablondan, boʻsh sahifadan yoki ZIP arxivdan sayt boshlash.
Saytlar sahifasida “Yangi sayt” tugmasini bosing. Pageify “Qanday boshlaymiz?” deb soʻraydi va toʻrt yoʻl taklif qiladi.
AI bilan
Eng tez yoʻl. Sayt nomini yozasiz, Studio AI paneli ochiq holda ochiladi. Biznesingiz haqida oddiy soʻzlar bilan yozing: nima qilasiz, kimlar uchun, qayerdasiz. AI kerakli savollarni beradi va sahifani yasab beradi. Keyin uni Studioʼda xohlaganingizcha oʻzgartirasiz.
Shablondan
Shablonlar galereyasi ochiladi. Biznesingizga mos shablonni tanlang, sayt nomini yozing va “Saytni yaratish”ni bosing. Matn, rasm va narxlarni keyin oʻzingiz almashtirasiz. Siz tanlagan shablon boshqa hech kimga taklif qilinmaydi.
Boʻsh sahifadan
Bitta boʻsh sahifa bilan boshlanadi: hammasini Studioʼda oʻzingiz qurasiz. Dizaynni oʻzi yasaydiganlar uchun.
ZIP arxivdan import
Boshqa joyda yaratilgan tayyor sayt (HTML, CSS, JS va rasmlar) Pageify saytiga aylanadi: sahifalar va stillar Studio elementlariga, rasmlar media kutubxonasiga oʻtadi, JavaScript kodi sahifalarning kodiga koʻchiriladi.
Sayt nomi va tillari
Nomni keyin ham oʻzgartirish mumkin. Shu oynada saytda boʻladigan tillarni ham tanlaysiz: roʻyxatdagi birinchi tanlangan til saytning asosiy tili boʻladi.
Keyin nima boʻladi
Sayt yaratilgach, u Studioda ochiladi: sahifani shu yerda tahrirlaysiz. Tayyor boʻlgach, “Nashr qilish” tugmasi bilan saytni internetga chiqarasiz va u nomi.pageify.site manzilida ochiladi. Keyinroq oʻz domeningizni ham ulashingiz mumkin.