Kirish va parol

Telefon va parol bilan kirish, yangi parol olish va kirish usullarini ulash.

Akkauntingizga uch yoʻl bilan kirasiz: telefon raqami va parol, Telegram yoki Google. Qaysi biri ulangan boʻlsa, oʻshasi ishlaydi.

Telefon raqami va parol bilan

  1. workspace.pageify.uz sahifasini oching.
  2. “Telefon raqami” maydoniga raqamingizni toʻliq yozing.
  3. “Parol” maydoniga parolingizni yozing va “Kirish”ni bosing.

Parol juda koʻp marta notoʻgʻri yozilsa, kirish bir necha daqiqaga toʻxtatiladi. Kuting yoki botdan yangi parol oling.

Parolni unutdingizmi?

Pageify botiga (@pageify_uz_bot) /parol buyrugʻini yuboring. Bot yangi parol yuboradi, eski parol shu zahoti ishlamay qoladi. Xabar 10 daqiqadan keyin oʻchadi.

Bu faqat Telegramʼi akkauntga ulanganlar uchun ishlaydi. Google bilan roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, Google orqali kiring.

Parolni oʻzgartirish

Bot bergan parol bilan kirsangiz, Workspace tepasida uni almashtirish haqida eslatma chiqadi.

  1. Workspaceʼda Sozlamalarni oching.
  2. Parol boʻlimida hozirgi va yangi parolni yozing. Yangi parol kamida 8 ta belgidan iborat boʻlsin.
  3. “Parolni oʻzgartirish”ni bosing.

Kirish usullarini ulash

Sozlamalar → Kirish usullarida Telegram va Googleʼni bitta akkauntga ulaysiz:

  • Telegram: saytdan kelgan arizalar, parolni tiklash va telefon bilan kirish uchun kerak.
  • Google: telefoningiz yoningizda boʻlmasa ham bir bosishda kirasiz.

Bitta telefon raqami va bitta Google hisobi faqat bitta Pageify akkauntiga ulanadi. “Boshqa akkauntga ulangan” degan yozuv chiqsa, demak shu raqam yoki hisob bilan boshqa akkaunt ochilgan.

Google bilan roʻyxatdan oʻtib, parol oʻrnatmoqchi boʻlsangiz, avval Telegramʼni ulang: parol telefon raqami bilan kirish uchun.

Shu boʻlimda yana

Javob topmadingizmi?

Workspace’dagi yordam chatiga yozing yoki +998 93 515-98-79 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Telegram bot