Roʻyxatdan oʻtish

Telegram yoki Google orqali bir daqiqada akkaunt ochish.

Pageifyʼda alohida roʻyxatdan oʻtish formasi yoʻq: Telegram yoki Google orqali birinchi marta kirganingizda akkauntingiz oʻzi yaratiladi. Bu bir daqiqa oladi.

1. Kirish sahifasini oching

workspace.pageify.uz manziliga oʻting. Tepada telefon raqami va parol bilan kirish formasi, uning ostida “Telegram orqali” va “Google orqali” tugmalari turadi. Hali akkauntingiz boʻlmasa, shu ikki tugmadan birini bosing.

2. Telegram orqali

Eng qulay yoʻl, chunki saytingizdan keladigan arizalar ham keyin shu Telegramʼga keladi.

  1. “Telegram orqali” tugmasini bosing. Telegramʼda Pageify boti ochiladi.
  2. Botda Start tugmasini bosing.
  3. Pastda chiqqan “📱 Raqamni ulashish” tugmasi bilan telefon raqamingizni ulashing. Faqat oʻzingizning raqamingiz qabul qilinadi.
  4. Bot “Roʻyxatdan oʻtdingiz” deb yozadi va sizga parol yuboradi. Brauzerga qayting: siz allaqachon Workspaceʼdasiz.

Bot bergan parol bilan keyingi safar telefon raqamingiz orqali kirasiz. Parol yozilgan xabar 10 daqiqadan keyin oʻchadi, shuning uchun uni saqlab qoʻying yoki keyin Sozlamalarda oʻzingiz eslab qoladigan parolga almashtiring.

Bot ochilmasa, tugma ostidagi “Bot ochilmadimi? Shu yerni bosing” havolasini bosing. “Vaqt tugadi” degan yozuv chiqsa, tugmani qaytadan bosing.

Telegramʼning oʻzidan boshlash

Telefoningizda boʻlsangiz, @pageify_uz_bot botini oching, Startʼni bosing va raqamingizni ulashing. Roʻyxatdan oʻtasiz, bot kompyuterdan kirish uchun parol yuboradi va “Workspaceʼni ochish” tugmasini beradi.

3. Google orqali

“Google orqali” tugmasini bosing va Google hisobingizni tanlang. Akkaunt shu hisob bilan yaratiladi va bir bosishda kirasiz.

Keyin Telegramʼni ham ulab qoʻying (Sozlamalar → Kirish usullari): saytdan kelgan arizalar, parolni tiklash va telefon bilan kirish shu orqali ishlaydi.

4. Ismingizni yozing

Birinchi kirishda Pageify ismingizni soʻraydi. Ismni yozing va “Davom etish”ni bosing. Shundan keyin saytlaringiz sahifasi ochiladi.

Xizmat shartlari

Roʻyxatdan oʻtish orqali Ommaviy oferta va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.

Agar raqam “band” boʻlsa

Bot “Bu raqam yoki Telegram boshqa Pageify akkauntiga ulangan” desa, siz avval roʻyxatdan oʻtgansiz. Oʻsha akkauntga telefon raqami va parol bilan kiring. Parol esingizda boʻlmasa, yangi parol oling.

Keyingi qadam: birinchi saytingizni yarating.

Shu boʻlimda yana

Javob topmadingizmi?

Workspace’dagi yordam chatiga yozing yoki +998 93 515-98-79 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Telegram bot